date

Moyes: Grilishdan toʻliq qoniqmadim


Everton bosh murabbiyi Devid Moyes jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilishning oʻyin formasi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Oʻylaymanki, Grilish hali yanada yuqori darajaga koʻtarilishi mumkin.

Undan toʻliq qoniqish hosil qilganimni aytish yolgʻon boʻlardi. Men uning koʻproq gollar urishini istayman.

Jamoaga koʻproq gol keltirishi kerak. Agar u golli paslar uzatishda davom etsa, bu yaxshi, lekin mening fikrimcha, gollar assistlardan muhimroq.

Shunga qaramay, biz undan mamnunmiz – u jamoamizga katta hissa qoʻshmoqda", – dedi Moyes juma kungi matbuot anjumanida. Shanba, 29-noyabr kuni Everton Premer-liganing uy uchrashuvida Nyukaslga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Moyes: Grilishdan toʻliq qoniqmadim