Nihoyat! Ronaldu va Jorjina to‘yi sanasi va joyi ma'lum bo‘ldi

Nihoyat! Ronaldu va Jorjina to‘yi sanasi va joyi ma'lum bo‘ldi

Nihoyat! Ronaldu va Jorjina to‘yi sanasi va joyi ma'lum bo‘ldi
40 yoshli Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z kelini Jorjina Rodriges bilan nikohdan o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jornal da Madeira xabariga ko‘ra, nikoh to‘yi kelasi yil yozida Madeirada bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tantanali marosim 2026-yilda Shimoliy Amerikada 11-iyundan 19-iyulgacha bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatidan so‘ng tashkil etiladi. Krishtianu Ronaldu 2023-yil yanvar oyidan beri "Al-Nasr" jamoasida to‘p surmoqda.

Hujumchining mazkur klub bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida futbolchi 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va bir marta golli uzatma berdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar