Kaskarino: Ronaldu kamtarlikdan yiroq

Londondagi "Chelsi" klubi va Irlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Toni Kaskarino "Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Ronaldu ma'lum ma'noda yoqimsiz bir narsa bor.
Futboldagi yutuqlariga qarasangiz, ular, albatta, ajoyib. Ammo men har doim buyuk, lekin shu bilan birga kamtar odamlarni ko'proq qadrlayman", - deydi Kaskarino talkSPORTga bergan intervyusida.
Portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida sakkizta o'yinda maydonga tushib, to'qqizta gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi. Shu yil Krishtianu Ronaldu 40 yoshni qarshi oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing