date

Lyorente A Seriyada favoritlarini aytdi


Yaqinda faoliyatini tugatgan ispaniyalik hujumchi Fernando Lyorente o'z vaqtida "Yuventus" va "Napoli" jamoalarida o'ynagan. U Italiya chempionatida chempionlik uchun kurashdagi favoritlarini ma'lum qildi.

"Men uchta kuchli jamoani ko'rmoqdaman: "Inter", "Napoli" va "Milan". Men Konte haqida bilaman, u chempionlik uchun kurashdan voz kechmaydi", deb aytib o'tgan Lyorentening so'zlarini fcinter1908.it keltiradi.

Eslatib o'tamiz, aynan ushbu jamoalar A Seriyaning so'nggi besh mavsumida g'alaba qozongan. "Napoli" va "Inter" ikki martadan, "Milan" esa 2022-yilda bir marta chempion bo'lgan.

Fernando Lyorente esa 2022-yilda o'z futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lyorente A Seriyada favoritlarini aytdi