Karreger "Chelsi" va "Arsenal" o'yinini sharhladi

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karreger yakshanba kungi "Chelsi" va "Arsenal" o'rtasidagi uchrashuv yuzasidan fikr bildirdi. Londonning ikki grand jamoasi o'rtasidagi bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
"Chelsi" 38-daqiqada Moises Kaysedoning qizil kartochka olishi sabab maydonda bir o'yinchi kam bo'lib qoldi, ammo bu holat Trevo Chalobaga 48-daqiqada hisobni ochishga to'sqinlik qilmadi. Mehmonlar esa 59-daqiqada Mikel Merinoning goli bilan javob qaytardi.
"Menimcha, biz "Arsenal"ni unchalik ishonchli o'yin ko'rsatmaganligi uchun tanqid qilish emas, aksincha, "Chelsi"ni maqtashimiz kerak. Jamoa o'nta futbolchi bilan ajoyib o'yin ko'rsatdi", – deya ta'kidladi Sky Sports eksperti o'yin yakunida.
"Chelsi" ayni damda APL turnir jadvalida 24 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. "Arsenal" esa 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Izohlar 0
…