date

Girona darvozaboni: Biz Real’dan yaxshiroq edik


Girona jamoasining darvozaboni Paulo Gassaniga Madridning Real jamoasiga qarshi kechgan (1:1) uchrashuvdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. "Biz uch ochkoni qoʻlga kiritishni xohlagan edik.

Bugungi oʻyinda gʻalabaga intilishimiz yaqqol sezildi. Biz Real’dan koʻra koʻproq imkoniyat yaratdik, biroq bunday darajadagi raqibga qarshi durang ham yaxshi natija", – dedi Gassaniga oʻyin soʻngida jurnalistlarga.

Mazkur natijadan soʻng Girona 14 turdan keyin toʻplagan 12 ochko bilan quyi ligaga tushib qolish zonasida qolmoqda. Real esa 33 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Chempionat jadvalida Barselona 34 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Girona darvozaboni: Biz Real’dan yaxshiroq edik