
Afsonaviy "Chelsi" sobiq sardori Jon Terri jamoasining "Arsenal"ga qarshi o'yinini (1:1) baholadi. Uchrashuvning 38-daqiqasidayoq "ko'klar" Moysis Kaysedoni yo'qotdi – u qizil kartochka oldi.
Shunga qaramay, Enso Mareska jamoasi turnir jadvalida peshqadam bo'lgan raqibga yutqazmadi. "Menimcha, "Chelsi" "Arsenal"dan ancha yaxshi o'ynadi, garchi ko'p vaqt 10 kishi bilan maydonda harakat qilgan bo'lsa ham.
Birinchi bo'limda faqat bitta jamoa g'alaba sari intilgan edi. Bu london derbisi – futbolchilarimizdan aynan shunday o'yinni kutamiz.
Qattiq kurashlar, hatto biroz tajovuzkorlik ham bor edi. Afsuski, hakam 15 daqiqa ichida uchta sariq kartochka ko'rsatdi va o'yin ritmini buzdi.
Kaysedoning maydondan chetlatilishiga keladigan bo'lsak, bu yerda savollar yo'q. Umuman olganda, g'alaba xohishi faqat bizda bor edi", – dedi Terri "Arsenal News Channel"ga bergan intervyusida.
3 dekabr kuni "Chelsi" safarda "Lids"ga qarshi bahs olib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.