Buondjorno: Mana shunday gʻalaba qozonish kerak!

Buondjorno: Mana shunday gʻalaba qozonish kerak!

Buondjorno: Mana shunday gʻalaba qozonish kerak!
Italiya chempionatining oʻn uchinchi turida "Napoli" safarda "Roma"ni magʻlub etdi. Bu gʻalaba uchun neapolliklarga birgina gol va mustahkam himoya yetarli boʻldi — bu uslub Antonio Kontening sevgan falsafasidir.

Shu falsafani "Napoli" klubi himoyachisi Alessandro Buondjorno ham qoʻllab-quvvatlaydi. "Biz oʻyinga taktik jihatdan yaxshi tayyorlandik, biroq farqni asosan oʻyinimizdagi intensivlik keltirdi.

Maydon markazida va jarima maydonchalarida koʻplab yakkakurashlarni yutib oldik, bu esa muhim omil boʻldi", — deya Buondjorning soʻzlarini keltiradi calcionapoli1926.it. Keyingi turda neapolliklar Kontening sobiq jamoasi — "Yuventus"ga qarshi maydonga tushadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar