
Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov Fransiyaning "PSJ" klubi safida navbatdagi o‘yinda maydonga tushadi. Bu haqda ViPSG xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Safonov Liga 1ning 15-turida "Renn"ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushadi. Bu Matvey Safonov uchun 2025/2026-yilgi mavsumdagi "PSJ" safidagi ilk o‘yini bo‘ladi.
Jamoaning asosiy darvozaboni Lyuka Shevalye jarohati sababli ushbu bahsda qatnasha olmaydi. Safonov o‘tgan yilning yozida Parij klubiga qo‘shilgan va besh yillik shartnoma imzolagan edi.
"PSJ" va "Renn" uchrashuvi 6-dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.