
Keyingi yil yozida milliy terma jamoalar oʻrtasida Jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Opta superkompyuteri gʻoliblik uchun asosiy daʼvogarlarni baholadi.
Jahon chempionati – 2026 musobaqasining bosh favoriti sifatida Ispaniya terma jamoasi ko'rsatilgan. Superkompyuter hisob-kitoblariga koʻra, "qizil furiya"ning chempionlik imkoniyati 17 foizni tashkil etadi.
Reytingning ikkinchi pogʻonasida Fransiya joylashgan boʻlib, ularning imkoniyati 14,1 foiz deb baholangan. Kuchli uchlikni esa Angliya terma jamoasi yakunlab, ularning imkoniyati 11,8 foizni tashkil qilgan.
2022 yilgi jahon chempionati gʻolibi boʻlgan Argentina terma jamoasining oʻz unvonini himoya qilish ehtimoli esa 8,7 foiz deb baholangan. Eslatib oʻtamiz, Argentina terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionati finalida Lionel Skaloni shogirdlari penaltidan soʻng Fransiyani magʻlub etib, gʻalaba qozonishgan edi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.