date

Liverpul Kamavingani sotib olishga tayyor


Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Liverpul" 23 yoshli fransuz futbolchisi uchun "Real"ga qariyb 60 million yevro taklif qilishga tayyor. Kamavinga joriy mavsumda faqat to'rt marta asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Hozirgi mavsumda futbolchi barcha musobaqalar doirasida jami 14 uchrashuvda qatnashib, bitta gol urgan va bir marta golli uzatma amalga oshirgan. Kamavinganing "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 50 million yevroga baholagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul Kamavingani sotib olishga tayyor