
Sobiq "Manchester Yunayted" futbolchisi Devid Bekxem Angliya chempionatida "Qizil iblislar"ning "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g'alabasidan so'ng intervyu berdi. Ushbu natija "Manchester Yunayted"ga uch o'yindan buyon davom etayotgan g'alabasiz seriyani to'xtatish imkonini berdi.
Bekxem jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimning ish faoliyatini ijobiy baholadi. "Menimcha, murabbiy vaziyatni yaxshilash uchun o'zgarishlar kiritmoqda.
U ba'zi narsalarni to'g'riladi va endi yaxshilanishlar sezilmoqda. Oldinda hali uzoq yo'l bor.
Ayrim o'yinlarda biz yaxshi o'ynamadik. Ammo yaxshi murabbiyimiz bor.
Men uning jamoani asta-sekin o'zgartirib borayotganini ko'rmoqdaman", - dedi Angliya futbolining afsonasi Sky Sportsga bergan intervyusida. "Manchester Yunayted" hozir 13 o'yindan so'ng 21 ochko bilan yettinchi o'rinda bormoqda.
Chempionat peshqadami esa 30 ochkoga ega bo'lgan Londonning "Arsenal" jamoasi hisoblanadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.