Lautaro Martines klub tarixida to‘rtinchi bo‘ldi

Lautaro Martines klub tarixida to‘rtinchi bo‘ldi

Lautaro Martines klub tarixida to‘rtinchi bo‘ldi
Argentinalik hujumchi Lautaro Martinesning ikki goli "Inter"ga Italiya chempionatining 13-turi doirasida safarda "Piza" ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi. "Inter" sardori klub safida barcha rasmiy turnirlar hisobida 163-golini urib, jamoa tarixida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.

U Sandro Matszolani (162 gol) ortda qoldirdi. Jamoa tarixida Lautarodan oldinda faqat uch futbolchi qoldi: Juzeppe Meatsa (284 gol), Alessandro Altobelli (209 gol) va Roberto Bonisenga (173 gol).

Lautaro ushbu uchlikka yaqinlashishni kelasi bahorga qadar amalga oshirishi mumkin. Keyingi turda "Inter" 6-dekabr kuni "Komoga" qarshi o‘z maydonida o‘yin o‘tkazadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar