
“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich A Seriyaning 13-turida “Kalyari”ga qarshi o‘yinda olgan jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin. Mazkur bahsda turinliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Serbiyalik futbolchi birinchi bo‘limdayoq chap oyog‘ida keskin og‘riq his qilgani sabab maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Bugun klub tomonidan e’lon qilingan tibbiy xulosaga ko‘ra, Vlahovichning uzun qovushtiruvchi mushaklarining pay-qo‘shilishi sohasida jiddiy shikastlanish aniqlangan.
OAV xabarlariga ko‘ra, bunday jarohatlar uch oydan besh oygacha tiklanishni talab qilishi mumkin. Aniq muddatlar qo‘shimcha tibbiy ko‘riklardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.