date

Barselona va Liverpul 20 yoshli iqtidorni kuzatmoqda


Norvegiyalik vinger, "RB Leyptsig" o'yinchisi Antonio Nusa Yevropa klublarining katta qiziqishiga sabab bo'lmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Barselona", "Inter", "Napoli", "Roma", "Tottenhem" va "Liverpul" kabi klublar ushbu yosh iqtidorni o'z safiga qo'shishni istamoqda. 20 yoshli Nusa 2024-yilning yozida "RB Leyptsig"ga qo'shilgan.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, bir marta gol urgan va bir marta golli uzatma amalga oshirgan. Nemis klubidagi shartnomasi 2029-yilgacha mo'ljallangan.

Transfermarkt mutaxassislari futbolchini 28 million yevroga baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona va Liverpul 20 yoshli iqtidorni kuzatmoqda