Milan Technogym bilan hamkorlikni davom ettiradi

Milan Technogym bilan hamkorlikni davom ettiradi
Italiyaning "Milan" futbol klubi o'zining texnik hamkorlaridan biri — Technogym kompaniyasi bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi. Ushbu kompaniya jismoniy mashg'ulotlar uchun turli xil trening uskunalarini yetkazib beradi.

"Milan" va Technogym o'rtasidagi hamkorlik 1980-yillarda boshlangan. 1990-yillarning o'rtalarida esa Technogym Formuladan tanildi, xususan, Benetton jamoasi va mashhur poygachi Mixael Shumaxer bilan hamkorlik qilgan.

1994-yilda "Milan" Chempionlar ligasi finalida "Barselona"ni mag'lub etgan yil Shumaxer ham Gran-prida o'z tengsizligini namoyish etgan edi. Eslatib o'tamiz, "Milan" hozirda yana musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar