
“Tottenhem” bosh murabbiyi Tomas Frank jamoaning salbiy natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. O‘tgan dam olish kunlari “shporlar” o‘z maydonida “Fulhem”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, APL turnir jadvalida 12-o‘ringa tushib ketdi.
“Biz kecha va bugun yig‘ilishlar o‘tkazdik. Kecha “Fulhem”ga qarshi o‘yinni tahlil qildik, bugun esa “Nyukasl”ga qarshi uchrashuvni muhokama qildik.
Ertaga ham yig‘ilishlarimiz davom etadi. Men boshidanoq jamoani barcha musobaqalarda raqobatbardosh holda saqlab qolishga qaratilgan barqaror tizimni qurmoqchi ekanligimni aytganman.
O‘tgan mavsumdan so‘ng tarkibimiz hali o‘rganish jarayonida. Hozirgi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etyapmiz va ikki yo‘nalishda raqobatlashish jismoniy va ruhiy jihatdan ko‘nikishni talab qiladi.
Biz samarali ishlaydigan to‘g‘ri formulani izlamoqdamiz. Men tarkibni rotatsiya qilishga majburman, chunki yangilik va yuqori intensivlikni saqlash muhim.
Oldimizda 10 kun ichida to‘rtta ajoyib uchrashuv bor. Tarkibimiz boshqa jamoalarga qaraganda bunday ritmga kamroq moslashgan.
Ammo bu muammo emas – biz o‘rganmoqdamiz”, — dedi Frank matbuot anjumanida. Seshanba kuni “Tottenhem” APL doirasida “Nyukasl”ga qarshi safar o‘yinini o‘tkazadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.