Tomas Frank va Ange Postecoglou 2026-yilgi Jahon chempionatida raqib bo‘lishadi

1 daqiqa o'qish178
Tomas Frank va Ange Postecoglou 2026-yilgi Jahon chempionatida raqib bo‘lishadi

Tomas Frank Tottenxemdan ketganidan so‘ng ilk bor omma oldida ko‘rinish berishga tayyorlanmoqda. Daniyalik murabbiy 2026-yilgi Jahon chempionati uchun BBC telekanalining ekspertlar guruhiga qo‘shildi. Bu qaror uni yana bir sobiq Tottenxem ustozi Ange Postecoglou bilan televideniye studiyasida raqobatlashishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Frank va Postecoglou o‘rtasidagi qarama-qarshilik endi yashil maydonda emas, balki efir studiyalarida davom etadi. Postecoglou ITV telekanali bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa, Frank BBCning asosiy tahlilchilaridan biri sifatida faoliyat yuritadi. Bu Tomas Frank uchun fevral oyida Tottenxemdan iste’foga chiqarilganidan keyingi ilk jiddiy qadam hisoblanadi.

52 yoshli mutaxassis London klubidagi faoliyati davomida 38 ta o‘yindan atigi 13 tasida g‘alaba qozongan edi. Uning g‘alaba qozonish ko‘rsatkichi klub tarixidagi eng past natija bo‘lib qoldi. O‘z navbatida, Ange Postecoglou ham Nottingem Forestdagi qisqa muddatli va muvaffaqiyatsiz faoliyatidan so‘ng biroz vaqt ko‘zdan nari yurishni ma’qul ko‘rgandi.

Buyuk Britaniyaning yetakchi telekanallari o‘rtasidagi bu kadrlar kurashi muxlislar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda. BBC o‘z jamoasini kuchaytirish maqsadida sobiq Arsenal hujumchisi Olivier Giroudni ham taklif qildi. U Wayne Rooney, Alan Shearer va Joe Hart kabi afsonaviy futbolchilar bilan birga AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan 48 jamoali turnirni yoritib boradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?