
"Andijon"dagi tarkibiy o‘zgarishlar boshlandi. Jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Samvel Babayan tayinlanishi bilan klub o‘z tarkibini kuchaytirishga kirishdi. “Championat.asia” saytining bosh muharriri Narzulla Saydullayev o‘zining Telegram kanalida jamoa tarkibidagi yangilanishlar haqida ma’lumot berdi. Uning yozishicha, ikki o‘yinchi — Jasur Yaxshiboyev va Jamshid Boltaboyevlar “Andijon” bilan shartnoma imzolagan.
Shu o‘rinda shunga e’tibor qaratmoq joizki, bu futbolchilar "Navbahor"da Samvel Babayan qo‘l ostida ishlashgan. Ya’ni, ularning birga ishlagan tajribasi yangi jamoada ham samarali bo‘lishi mumkin.
Babayan boshqaruviga o‘tish bilan, “Andijon”da yangi futbolchilarning kelishini va jamoaning kuchaytirilishini kuzatish qiziqarli bo‘ladi. Yaxshi murabbiy va tajribali futbolchilarning jamoaga qo‘shilishi, albatta, klubning kelgusidagi muvaffaqiyati uchun katta ahamiyatga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.