
Bornmutning vingeri Antuan Semenyo 2026-yilning yanvar oyida Manchester Siti futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, "shaharliklar" Semenyoning 74 million yevro qiymatdagi transfer opsiyasini faollashtirishga tayyor. Hozirgi vaqtda Manchester Siti futbolchi uchun kurashda PSJ, Bavariya, Manchester Yunayted, Liverpul, Tottenhem, Chelsi va Arsenal kabi klublardan oldinda bormoqda.
Joriy mavsumda 25 yoshli vinger barcha musobaqalarda 13 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma bergan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Semenyoning transfer qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.