date

Luka Modrich Zidan haqida fikr bildirdi

Luka Modrich Zidan haqida fikr bildirdi
Italiya chempionatida "Milan" sharafini himoya qilayotgan xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich afsonaviy fransuz futbolchisi va murabbiyi Zinedin Zidan haqida o'z fikrini bildirdi. "Chempionlar ligasida ketma-ket uchta g'alaba.

U kiyimxonaga kirganida, e'tiborimiz faqat Zidan tomon qaratilgan bo'lardi. "Zizu" murabbiy sifatida o'ziga xos edi.

Undan o'zgacha bir aura taralardi. U futbolni mukammal darajada tushungan edi.

Biz u bilan ajoyib vaqtlarni o'tkazdik", — deydi Modrich Footmercato nashriga bergan intervyusida. Ma'lumot uchun, Zidan ketma-ket uch bor Madridning "Real" klubini UEFA Chempionlar ligasidagi g'alabalarga olib chiqqan.

Fransuz murabbiyi "Qirollik klubi"ni 2021-yilda tark etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luka Modrich Zidan haqida fikr bildirdi