
Italiya A Seriyasi futbolchilari o‘tgan mavsumning eng yaxshi murabbiyini aniqlashdi. Ushbu unvon «Napoli» bosh murabbiyi Antonio Kontening hisobiga yozildi.
Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda. Antonio Konte 2024 yilning yozida «Napoli»ni boshqarishga kirishdi va ilk mavsumidayoq jamoani chempionlikka olib chiqdi.
2024/25 yilgi Italiya chempionatining yakuniy natijalariga ko‘ra, neapolliklar 38 ta o‘yinda 82 ochko to‘plashdi va birinchi o‘rinni egallashdi. Ikkinchi o‘rinni egallagan «Inter»dan atigi bir ochko oldinda bo‘lishdi.
Shuningdek, «Napoli» mavsum davomida atigi 27 ta gol o‘tkazib, liganing eng yaxshi himoyasiga ega bo‘ldi. Joriy mavsumda esa Kontening shogirdlari 13 turdan keyin 28 ochko bilan musobaqa jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.