
PSJ hujumchisi Desire Due yil yakunlariga koʻra eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan "Golden Boy" mukofotini qoʻlga kiritdi. Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe oʻz jamoadoshini tabrikladi.
"Tabriklayman, yulduz! Bu mukofotga toʻliq loyiqsan!
Hozirgi lahzadan zavqlan, yaxshi tiklan va tezroq bizga qayt!", – deb yozdi Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda. Ayni vaqtda Desire Due jarohati sabab PSJ tibbiy markazida davolanmoqda.
20 yoshli hujumchi oxirgi marta 29-oktabr kuni maydonga tushgan edi. Uning dekabr oyi oʻrtalarida safga qaytishi kutilmoqda.
PSJ ayni paytda Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda va "Lans"dan bir ochkoga ortda qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.