Upamekano shartnomani uzaytirishga yaqin

Bavariya himoyachisi Dayo Upamekano oxirgi haftalarda klub bilan shartnomasini uzaytirish borasida ijobiy muzokaralar olib bordi. 27 yoshli futbolchining Myunxen jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Bu haqda BBC Sport xabar berdi. Shu bilan birga, manbaga ko‘ra, Upamekano bilan muvaffaqiyatli kelishuvga erishilgan taqdirda ham, Bavariya markaziy himoyachilar bozorida faol bo‘lib qoladi.
Myunxenliklar bu pozitsiyani kuchaytirishni maqsad qilgan ko‘rinadi. Upamekano hozirgi shartnomasi Bavariya bilan 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 60 million yevro deb baholagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing