date

Gvardiola Holandni 100-goli bilan tabrikladi


Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Erling Holand haqidagi savolga javob berdi. Norvegiyalik futbolchi Fulhemga qarshi o'yinda (5:4) qahramonlik ko'rsatdi va bitta gol hamda ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

Ushbu gol Holandning APL doirasidagi 100-goli bo'lib, u bu natijaga atigi 111 o'yinda erishib, afsonaviy Alan Shirer rekordini yangiladi. "Holand ajoyib futbolchi, juda ta'sirli.

Bugun u fantastik gol urdi va juda ajoyib o'ynadi. Umid qilamanki, u bizning klubda faoliyatini davom ettirish va yanada ko'proq gollar urish istagini yo'qotmaydi", – dedi Gvardiola BBCga bergan intervyusida.

Ayni paytda Erling Holand 15 ta gol bilan Premyer-liganing to'purarlar ro'yxatida yetakchilik qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Holandni 100-goli bilan tabrikladi