date

Milan Sergio Ramosni tarkibga qo'shmaydi


Joriy qishda Sergio Ramosning Yevropa futboliga qaytishi ehtimoli haqida gap-so'zlar tarqalmoqda. Mart oyida 40 yoshga toʻladigan tajribali futbolchi qaysi jamoaga borishi mumkin?

Avvalroq matbuot Ramosning "Real"ga qaytishi yoki "Milan"da Luka Modrich bilan birlashishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Transfer News Live xabariga koʻra, Tuttosport manbalari orqali maʼlum boʻlishicha, Ramosning xizmatlari "Milan"ga taklif qilingan.

Biroq, Italiya A Seriyasi klubi vakillari ispaniyalik himoyachini tarkibga qoʻshishni istamayapti. Sergio Ramos 2025 yilni Meksikaning "Monterrey" klubida oʻtkazgan.

Uning amaldagi shartnomasi joriy yilning dekabr oyining oxirigacha amal qiladi. Eslatib oʻtamiz, Ramos bungacha Yevropada "Sevilya", "Real" va "PSJ" klublarida toʻp surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan Sergio Ramosni tarkibga qo'shmaydi