
Milan jamoasi futbolchisi Kristian Pulisich jarohatidan forigʻ boʻlib, mashgʻulotlarga qaytdi. Ammo, ayni vaqtda, fransiyalik yarim himoyachi Yussuf Fofana jarohat olib, Italiya Kubogidagi "Latsio"ga qarshi uchrashuvni oʻtkazib yuboradi.
Shuningdek, ehtimol Fofana 8-dekabr kuni "Torino"ga qarshi A Seriyasi doirasidagi oʻyinda ham maydonga tusha olmaydi. Klub shifokorlarining taxminicha, u faqat "Sassuolo"ga qarshi oʻyinga tiklanib yetib kelishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Fofana esa 2024-yildan beri "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Bungacha u toʻrt yil davomida "Monako" safida toʻp surgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.