Dzola – italyan sportining faxriy vakili

Italiya futbolining sobiq yarim himoyachisi Janfranko Dzola butun dunyo bo'ylab italyan sportining faxriy vakili unvoniga sazovor bo'ldi. Bu unvon unga diplomat Inyigo Lambertini tomonidan taqdim etildi.
Hozirda Dzola Italiya futbolining boshqaruv organi bo'lgan Lega Italiana Calcio ligasida vitse-prezident sifatida faoliyat yuritmoqda. Futbolchi sifatida u "Kal'yari", "Napoli" va Angliyaning "Chelsi" klublarida to'p surgan.
Dzola 2005 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Keyinchalik murabbiylikni sinab ko'rgan, ammo unda katta muvaffaqiyatga erisha olmagan va bu sohani tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing