
Milan bosh murabbiyi Massimiliano Allegri qishki transfer oynasida jamoani kuchaytirish maqsadida yangi futbolchilarni sotib olishni ko'rib chiqmoqda. U ayniqsa himoya chizig'ini mustahkamlashni xohlamoqda.
Ehtimoliy transferlardan biri Sassuolo jamoasi himoyachisi Jay Izdes bo'lishi mumkin. U uzoqdagi Indoneziyada tug'ilgan futbolchi.
Qizig'i shundaki, hozirda Milanda porlayotgan Tijjani Reynders ham aslida Indoneziya fuqarosi hisoblanadi. Pianetamilan.it xabariga ko'ra, Milan klubi Jay Izdesning o'yin uslubi, yoshi va pozitsiyasi bilan qiziqmoqda.
Biroq, futbolchining Sassuolo bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha tuzilgan. Hozirgi vaqtda Sassuolo jamoasi Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.