
"Real" bosh murabiyi Xabi Alonso La Liga 19-turi doirasida "Atletik" klubiga qarshi qo‘lga kiritilgan 3:0 hisobidagi g‘alaba haqida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, bu o‘yin juda muhim edi, chunki jamoa duranglar seriyasini tugatishni maqsad qilgandi.
"Biz o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va jamoa juda yaxlit o‘yin namoyish qildi. Bunday talabchan stadionda, bunday zarur o‘yinni namoyish etish, albatta, muhim edi. Bu shu mavsumdagi eng mukammal o‘yinimiz bo‘ldi, endilikda shu ruhda davom etishimiz kerak", — dedi Alonso.
Mbappe va jamoa kayfiyati
Alonso Kilian Mbappening o‘yinini alohida ta’riflab, uning yuqori darajada harakat qilganini va Vinisius bilan o‘zaro tushunish a’lo darajada ekanini qayd etdi. "Jamoa birinchi daqiqalardanoq g‘alaba uchun maydonga tushdi. Uydan tashqari o‘yinlarda g‘alaba qozonish biz uchun muhim edi", — dedi u.
Kurtua seyvlari
Kurtua haqida gapirar ekan, Alonso uning hal qiluvchi seyvlarini e’tirof etdi. "U bizga ustunlikni saqlab qolishda yordam berdi va o‘yinni to‘liq nazorat qildik", — dedi bosh murabbiy.
Arda Gyuler haqida
Alonso Arda Gyulerning Jud Bellingem bilan maydonda birga o‘ynashini kuzatish mumkinligini ta’kidladi. "U uchta o‘yinda qatnashdi, bugungi qarorning eng muhim sababi shunda, biz har uch kunda o‘ynashga harakat qilmoqdamiz", — deya izoh berdi.
"Olimpiakos"dan keyingi muloqotlar
"Jamoaning o‘yini juda barqaror bo‘ldi. "Jirona"ga qarshi durangdan keyin, bu muhim qadam edi. Endi esa barcha e’tiborimizni "Selta"ga qaratamiz. Jadval shunchalik zichki, boshqa narsani o‘ylashga vaqtimiz yo‘q", — deb yakunladi Alonso.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.