date

Gʻolovin: Pogba jamoani kuchaytirdi

Gʻolovin: Pogba jamoani kuchaytirdi
Rossiyalik yarim himoyachi, "Monako" klubi futbolchisi Aleksandr Gʻolovin jarima sababli futboldan chetlashtirilgan va yaqinda maydonga qaytgan Pol Pogba haqida fikr bildirdi. "Pol yaxshi inson, u jamoaga ijobiy taʼsir oʻtkazmoqda.

Maydonda uning energiyasini his qilish mumkin. U barchamiz bilan muloqotda va maslahatlari bilan yordam bermoqda.

Uning ishtirokida jamoamiz ancha kuchaydi. Albatta, u oʻzining eng yaxshi formasini tiklashi uchun vaqt kerak.

Ishonchim komilki, u bunga erishadi", – deya Gʻolovinning soʻzlarini keltiradi "Monako" matbuot xizmati. Eslatib oʻtamiz, 32 yoshli fransiyalik futbolchi Pol Pogba "Monako" bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi.

Joriy mavsumda Pogba Fransiya chempionatida ikkita uchrashuvda ishtirok etdi, ammo gol yoki golli uzatma amalga oshira olmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gʻolovin: Pogba jamoani kuchaytirdi