
Manchester Yunayted hujumchisi Joshua Zirkzee Romaga o‘tmaydigan bo‘ldi. Niderlandiyalik futbolchi Rim klubi uchun qishki transferlar bozoridagi asosiy nishonlardan biri hisoblangan edi.
Ammo Il Messaggero nashri xabariga ko‘ra, klub rahbariyati 24 yoshli futbolchining yetarlicha qat’iyat ko‘rsatmaganiga guvoh bo‘lib, boshqa variantlarga e’tibor qaratishga qaror qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Joshua Angliyada doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa-da, klubdan ketish istagini bildirmagan.
Endilikda Roma Matiss Telni transfer qilishni o‘ylamoqda. Tottenhem safida o‘ynayotgan fransuz futbolchisi asosiy tarkibga deyarli kira olmayapti va muhitni o‘zgartirishga qiziqish bildirishi mumkin.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Zirkzeening qiymati 28 million yevro, Tel esa 35 million yevro deb baholanmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.