date

Mor: Konte isteʼfo berishi mumkin

Mor: Konte isteʼfo berishi mumkin
Moskvaning "Spartak" klubi sobiq himoyachisi Eduard Mor "Napoli" bosh murabbiyi Antonio Kontening faoliyati haqida fikr bildirdi. Ekspertning taʼkidlashicha, mavsum davomida murabbiy isteʼfoga chiqarilishi mumkin.

"Napolining oʻyinida allaqachon oʻzgarishlar sezilmoqda. Kuchlar kamayib bormoqda, hissiyotlar esa avvalgiday emas.

Agar ularning bosh murabbiyi mavsum oxirigacha isteʼfoga chiqmasa, juda hayron boʻlaman", - deydi ekspert "Match TV" telekanali efirida. Eslatib oʻtamiz, Antonio Konte oʻtgan yil yozida "Napoli" bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi.

U jamoani 2024/2025-yilgi mavsumda chempionlikka olib chiqdi. Italiya chempionatining 13-turi yakunlariga koʻra, "Napoli" 28 ochko jamgʻarib, turnir jadvalida birinchi oʻrinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mor: Konte isteʼfo berishi mumkin