date

Arteta: Uayt imkoniyatdan unumli foydalandi

Arteta: Uayt imkoniyatdan unumli foydalandi
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Ben Uaytning “Brentford”ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi uchrashuvdagi o‘yinini yuqori baholadi. Uayt mazkur o‘yinda eng yaxshi futbolchi deb topilgan.

“Uning munosabati juda to‘g‘ri edi, u o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatdi. U olgan imkoniyatdan unumli foydalandi.

Men uning hozirgi shaklidan juda mamnunman. U yana o‘zining eng yaxshi versiyasida bizga qo‘shildi.

U biz uchun juda foydali bo‘ladi, chunki u ajoyib futbolchi”, — deya Mikel Artetaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrichio Romano. Angliya Premyer-ligasining 14-turida “Arsenal” “Brentford”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uayt ushbu uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa maydonda bo‘ldi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsum 28 yoshli himoyachi barcha turnirlarda sakkizta o‘yin o‘tkazib, bir marta samarali uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta: Uayt imkoniyatdan unumli foydalandi