date

Semin PSJni eng zamonaviy jamoa deb atadi


Taniqli murabbiy Yuriy Semin "PSJ" o'yinini yoqtirishini aytdi. "Lokomotiv"ning sobiq bosh murabbiyi Parij klubi o'yinlarini imkon qadar tomosha qilishga harakat qiladi.

Semin so'zlariga ko'ra, yaqin vaqt ichida u PSJning o'yiniga borishni ham rejalashtirmoqda. "Men yaxshi futbolni tomosha qilish uchun doim taklifnoma kutmayman.

"PSJ" men uchun faqat Xvicha va Safonov o'ynagani uchun emas, balki eng zamonaviy futbolni namoyish etgani uchun alohida ajralib turadi. Bunday boshqa jamoani ko'rmayapman", – dedi Semin "Sport24" nashriga.

Yuriy Semin 2024/2025 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finalini ham tomosha qilgan edi. Ushbu uchrashuvda "PSJ" "Inter"ni 5:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Hozirda "PSJ" Fransiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallamoqda. Luis Enrike jamoasi 30 ochko bilan "Lans"dan bir ochkoga ortda qolmoqda (31 ochko).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Semin PSJni eng zamonaviy jamoa deb atadi