Roma Yuriy Alberto bilan muzokaralar olib bormoqda

Roma Yuriy Alberto bilan muzokaralar olib bormoqda

Roma Yuriy Alberto bilan muzokaralar olib bormoqda
Italiyaning "Roma" klubi Braziliya "Korintians" hujumchisi Yuriy Albertoga qiziqish bildirmoqda. Corriere dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, Rim klubi futbolchining agentlari bilan muzokaralarni boshlagan.

Manbalarga ko‘ra, "Roma" hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida. Bu qaror "Manchester Yunayted" klubi Joshua Zirkseni ijaraga olish taklifini rad etganidan so‘ng qabul qilingan.

"Korintians" 24 yoshli markaziy hujumchini 20-25 million yevroga baholamoqda. Rim klubi noyabr oxirida futbolchining agentlari bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Yuriy Alberto ushbu mavsumda Braziliya chempionatida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma bergan. Shuningdek, boshqa musobaqalarda 28 o‘yin o‘tkazib, 8 ta golga mualliflik qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar