date

Yaya Ture: "Gvardiolani koʻrsam, ilon koʻraman"


Sobiq "Manchester Siti" va "Barselona" futbolchisi Yaya Ture murabbiy Pep Gvardiola bilan munosabatlari haqida gapirdi. Ture bu haqda Zack en Roue Libre YouTube-kanalida soʻz yuritdi.

"Men insonni koʻrmayapman – ilonni koʻryapman. "Barselona" murabbiyi menga qoʻngʻiroq qilib: "Sen qaytishing kerak, bu juda muhim", dedi.

Ammo rafiqam: "Sen bu bemaʼnilikni tinglamoqchimisan? U seni kamsitgan edi, endi esa qaytishingni istayapti?

Biz "Manchester"ga ketamiz", dedi. U meni bir yil davomida zaxirada oʻtqazib qoʻydi, ammo mavsum oxirida men jahon chempionatida yorqin oʻyin koʻrsatdim, shundan keyin u meni "Barselona"ga taklif qildi", – deydi Ture Foot Mercato nashriga bergan intervyusida.

Qiyin munosabatlarga qaramay, ikki tomon bir necha yil birga ishladi: 2008-yildan 2010-yilgacha "Barselona"da, keyin esa 2016-yildan 2018-yilgacha "Manchester Siti"da.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yaya Ture: "Gvardiolani koʻrsam, ilon koʻraman"