
Janluiji Lentini 90-yillar boshida "Milan"ning yetakchi futbolchilaridan biri bo'lgan. U "Torino"dan "Milan"ga o'tgan va bu qarorni qabul qilish unga oson bo'lmaganini eslaydi.
"Men "Torino"ga juda bog'langan edim va "Milan"ga o'tishdan xavotirlanardim. Bu klubdan qo'rqmaganim uchun emas, balki "Torino" bilan xayrlashishni qanday boshdan kechirishimni bilmaganim uchun.
Lekin o'sha vaqtda "Milan" dunyoning eng kuchli klubi edi va men u erda o'ynagan yillarimdan baxtli bo'lganman", deya Lentini so'zlarini keltiradi pianetamilan.it. Ehtimol, Lentini yanada baxtliroq bo'lar va 1994-yilda AQShda bo'lib o'tgan jahon chempionatida Italiya terma jamoasiga chempionlikni qo'lga kiritishda yordam bera olgan bo'lardi.
Biroq, 1993-yil avgust oyida Turinning yaqinida ro'y bergan og'ir avtohalokat uning futbolchilik faoliyatiga jiddiy zarar yetkazdi va o'yin darajasi sezilarli pasayib ketdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.