Nitssa stadioni yopildi

Fransiyaning "Nitssa" futbol klubida yuz bergan mojarolar klubga qimmatga tushdi. Klub futbolchilari o'z muxlislari tomonidan jismoniy hujumga uchragani sababli, Fransiya futbol ligasi intizomiy komissiyasi "Nitssa"ga qarshi jazo choralarini e'lon qildi.
Klubning Fransiya kubogi doirasidagi navbatdagi o'yini 20-dekabr kuni tomoshabinlarsiz, bo'sh tribunalar qarshisida o'tkaziladi. Shuningdek, yanvar oyining boshida, chempionat doirasida "Nitssa"ning "Strasburg"ga qarshi o'yini ham yopiq stadionda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, "Nitssa" oxirgi marta 1997-yilda Fransiya kubogini qo'lga kiritgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing