
Kristal Pelas markaziy himoyachisi Mark Geyi faoliyatini Manchester Siti safida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ayni paytda Manchester Siti Geyini qo‘lga kiritish uchun asosiy daʼvogar hisoblanadi. Futbolchining Kristal Pelas bilan shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi.
Manchetser klubi uni Jon Stounsning o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Liverpul ham Geyini qo‘lga kiritish uchun kurashni davom ettirmoqda, ammo Manchester Siti ushbu transferni amalga oshirishga jiddiy kirishgan.
Kristal Pelas himoyachini bepul qo‘yib yuborishni istamayapti, shuning uchun Manchester Siti yanvar oyidayoq 40 million yevro evaziga uni sotib olishga tayyor. Joriy mavsumda 25 yoshli Geyi barcha musobaqalarda 22 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.