Chelsi Fransiyadan ikki futbolchini sotib olishi mumkin

Londonning "Chelsi" klubi Fransiya chempionatida toʻp surayotgan ikki futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Caught Offside" nashri xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, "Chelsi"ning eʼtibor markazida 18 yoshli "Lill" yarim himoyachisi Ayubu Buaddi hamda 16 yoshli "Mets" hujumchisi Brayen Madjo bor. Angliya klubi ushbu iqtidorli futbolchilarni yaqin transfer oynasida o'z safiga qo'shishni rejalashtirmoqda.
Ayni damda, "Chelsi" Angliya chempionatining 14-turidan soʻng 24 ochko toʻplab, turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinda bormoqda. Jamoa bosh murabbiyi Enso Mareska shogirdlari peshqadam "Arsenal"dan toʻqqiz ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing