date

Renar: Argentina yana jahon chempioni bo'lishi mumkin


Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Erve Renar Argentinaning kelayotgan jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. "Albiseleste" jamoasi o‘tgan mundialda g‘olib bo‘ldi, garchi musobaqani muvaffaqiyatsizlik bilan boshlagan bo‘lsa-da: guruh bosqichining birinchi o‘yinida Argentina Saudiya Arabistoniga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

"Argentinaning yana jahon chempionligini qo‘lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyatlari bor. Men 2022-yilda aytgan gaplarimni takrorlamayman, chunki musobaqaga hali ancha vaqt bor.

Lekin o‘shanda ular muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini haqiqatan ham his qilgandim. Ba'zan turnirni yomon boshlash jamoaga foyda beradi, ularni uyg‘otadi – aynan shu narsa argentinaliklar bilan Qatarda sodir bo‘ldi", – dedi Renar Dsports nashriga bergan intervyusida.

2026-yilgi jahon chempionatida Lionel Skaloni jamoasi Avstriya, Jazoir va Iordaniya bilan bir guruhda o‘ynaydi. Saudiya Arabistoni esa Ispaniya, Urugvay va Kabo-Verde terma jamoalari bilan bir kvartetda ishtirok etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Renar: Argentina yana jahon chempioni bo'lishi mumkin