
Italiya A Seriyasining 14-turida Milan shahri vakili "Inter" oʻz maydonida "Komo" klubini qabul qiladi. Har ikki jamoa turnir jadvalining yuqori qismida joylashgan.
Kutilayotgan asosiy tarkiblar quyidagicha: "Inter": Zommer (darvozabon), Dimarko, Bastoni, Acherbi, Akanji, Augusto, Mxitaryan, Chalxanogʻlu, Barella, Lautaro Martines, Markus Tyuram. "Komo": Butez (darvozabon), Moreno, Ramon, Diego Karlos, Smolchich, da Kunya, Perrone, Xesus Rodriges, Pas, Adday, Duvikas.
"Inter" safida jarohati sabab Raffaele di Gennaro (darvozabon), Denzel Dyumfris, Matteo Darmian va Tomas Palasios oʻyinlarda ishtirok eta olmaydi. "Komo" tarkibida esa Edoardo Goldaniga, Assane Diao, Alberto Dossena va Sergi Roberto jarohat tufayli safdan chiqqan.
A Seriyaning 13-turida "Inter" "Piza"ga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa, "Komo" "Sassuolo"ni 2:0 hisobida magʻlub etgan edi. Turnir jadvalida "Inter" "Komo"dan uch ochko oldinda bormoqda.
"Inter" va "Komo" oʻrtasidagi oʻyin bugun, 6-dekabr kuni Milan shahridagi "San-Siro" stadionida Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi. Ushbu oʻyinning matnli onlayn translyatsiyasini oʻtkazib yubormang.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.