date

Dekudan Levandovski kelajagi haqida izoh


“Barselona” sport direktori Deku hujumchi Robert Levandovskining klubdan ketishi haqidagi taxminlarga o'z munosabatini bildirdi. 37 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi.

Ko'plab mish-mishlarga ko'ra, yulduzli polshalik hujumchini Saudiya Arabistoni klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi. Deku bu borada shunday dedi: “Robert so'nggi yillarning eng yaxshi hujumchilaridan biri va uning shartnomasi hali yakunlanmagan.

Hozircha hech narsa hal qilinmagan, xulosa chiqarish uchun erta.” Joriy mavsumda Levandovski Hans-Diter Flik jamoasi tarkibida 16 o‘yinda 8 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dekudan Levandovski kelajagi haqida izoh