date

Nyukasl Eliasni 100 mln yevroga sotib olmoqchi


Braziliyaning "Palmeyras" klubi safida o'ynayotgan 21 yoshli yarim himoyachi Allan Elias o'z faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Sport jurnalisti Ekrem Konurning xabariga ko'ra, "Nyukasl" jamoasi Eliasni 100 million yevro evaziga sotib olish shartnomasini amalga oshirishga tayyor.

Bu juda katta summa hisoblanadi, ammo "Palmeyras" yosh va istiqbolli futbolchilarni katta mablag' evaziga sotish tajribasiga ega. Shu bilan birga, Eliasni "Everton", "Vest Xem" va "Fulxem" klublari ham kuzatib borayotgani ma'lum qilindi.

2025-yilda Elias barcha musobaqalarda 55 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan. Avvalroq futbolchini Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi sotib olishga uringani haqida ham xabar berilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nyukasl Eliasni 100 mln yevroga sotib olmoqchi