
Trent Aleksander-Arnold "Real" tarkibida yana jarohati sabab safdan chiqdi. Matbuot anjumanida Xabi Alonso himoyaning o'ng qanotidagi holat bo'yicha savollarga javob berdi.
"Valverdeni himoyaning o'ng qanotida ko'ramizmi?" degan savolga Alonso shunday javob berdi: "Biz vaziyatni baholashimiz va qaror qabul qilishimiz kerak. Boshqa variantlar ham mavjud.
Fede doimo jamoaning ehtiyojlarini birinchi o'ringa qo'yadi va bu pozitsiyada ajoyib o'yinlar ko'rsatgan. Ammo boshqa imkoniyatlar ham bor.
Ertaga bu masalani hal qilamiz." "Valverde o'ng qanotda ishonchlimi?" degan savolga Alonso quyidagicha javob berdi: "U ba'zi o'yinlarda, masalan, "Yuventus" va "Barselona"ga qarshi o'yinlarda juda yuqori saviyada o'ynagan. Biz uning asosiy pozitsiyasini bilamiz, ammo u juda fidokor va har doim jamoaga yordam berishni xohlaydi.
U klubning qadriyatlarini juda yaxshi angladi." "Militao o'ng qanotda o'ynashi mumkinmi?" degan savolga Alonso: "Bu ham variantlardan biri. Biz markaziy himoyada qanday imkoniyatlar borligini ko'rib chiqamiz.
U Braziliya terma jamoasi uchun o'ng qanotda yaxshi o'yinlar namoyish qilgan. Qaerda kerak bo'lsa, Militao o'sha joyda bo'ladi," — deb javob berdi.
Yakshanba kuni "Real" oʻz maydonida "Selta"ni qabul qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.