
Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Jamol Sellami 2026-yilgi Jahon chempionati qur'a tashlash natijalariga munosabat bildirdi. Jamoa J guruhida Argentina, Avstriya va Jazoir terma jamoalari bilan birga joy oldi.
"Guruh kuchli, lekin bizning ham imkoniyatlarimiz bor. Messi bilan uchrashuv – bu alohida hodisa, ammo Jahon chempionatida tasodiflar boʻlmaydi.
Oʻtgan turnirda Saudiya Arabistoni Argentinani magʻlub etgan edi. Futbolchilar uchun motivatsiya muhim, Argentina, Avstriya va Jazoirga qarshi oʻyinlar esa qimmatli tajriba boʻladi.
Jahon turnirlarida jamoalar oʻrtasida katta farq yoʻq, biz Iordaniya futbolini eng yaxshi tarzda namoyish etishga umid qilamiz", – dedi Sellami CNA nashriga. Iordaniya hozirda FIFA reytingida 66-oʻrinni egallab turibdi.
Jamoa oʻz tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.