date

Raul APLdagi ispan murabbiylar dueliga guvoh bo'ldi


Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi va hozirgi murabbiy Raul Gonsales Blanko Angliya Premer-ligasining shanba kungi "Aston Villa" hamda "Arsenal" o'rtasidagi uchrashuvini stadiondan kuzatdi. Translyatsiya davomida operator "Villa Park" tribunalarida "Qirollik klubi"ning sobiq yulduzini ko'rsatdi.

Maʼlumki, bu uchrashuv Raulning vatandosh murabbiylari o'rtasidagi duel bo'ldi. "Aston Villa" jamoasini Unai Emeri boshqarayotgan bo'lsa, "Arsenal"ga so'nggi olti yil davomida Mikel Arteta rahbarlik qilmoqda.

Uchrashuvning asosiy vaqti oxiriga yaqinlashayotgan bir vaqtda hisob teng – 1:1. Birinchi bo'limda Mett Kashning goli bilan "Aston Villa" oldinga chiqib olgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Leandro Trossar "Arsenal" uchun hisobni tenglashtirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Raul APLdagi ispan murabbiylar dueliga guvoh bo'ldi