date

Luis Enrike PSJda uzoq qolishni istaydi


Ispaniyalik bosh murabbiy Luis Enrike "PSJ"da uzoq muddat ishlashni istayotganini ma'lum qildi. "PSJ" TVga bergan intervyusida u shunday dedi: "Men "PSJ"da uzoq muddat qolishni xohlayman.

Bunday klubga kelish uchun ko'p mehnat qilish kerak. Biz bu yerga kelish uchun katta ishlarni amalga oshirdik va "PSJ" bizni taklif qilgani uchun omadimiz keldi.

Bu juda ajoyib, lekin shu bilan birga murakkab, chunki bu yerda bosim katta. Ammo hozirda klub yaxshi davrlarni boshdan kechirmoqda va bu meni xursand qiladi.

Umid qilamanki, bu holat davom etadi." Luis Enrike 2023-yilning yozida "PSJ" bosh murabbiyiga aylangan edi. Uning rahbarligida parijliklar ikki marta Fransiya chempioni bo‘lishdi, ikki marta mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritishdi, shuningdek, Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogida ham g‘alaba qozonishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike PSJda uzoq qolishni istaydi