date

Garri Keyn yilning gol rekordini yangiladi


Bavariya hujumchisi Garri Keyn Bundesliganing shanba kungi oʻyinida Shtutgartga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi (5:0). 32 yoshli futbolchi oʻyinning 66, 82 va 88-daqiqalarida gol urdi.

Angliyalik futbolchining 2025-yilda Bavariya va Angliya milliy jamoasi safida jami 58 ta goli bor, bu esa uning faoliyatidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Keyn oʻz rekordini yanada yaxshilashi mumkin, chunki Vensan Kompanining jamoasi dekabr oyida hali uchta uchrashuv oʻtkazadi.

Garri Keyn 2023-yil yozidan buyon Bavariya sharafini himoya qilmoqda. Bungacha u Tottenxem jamoasida oʻynagan.

9-dekabr kuni Myunxen klubi Chempionlar ligasi doirasida oʻz maydonida Lissabonning Sporting jamoasini qabul qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn yilning gol rekordini yangiladi